Sharbatlar va nektarlar 1 l
-
Totli olma
Totli olma
Pishgan shirali olmalarning xushbo’yligi o’zigina kayfiyatni ko’tarib quvvat bilan to’ldiradi, mevalarning foydasi haqida gapirmasa ham bo’ladi. Shu tufayli olma sharbati organizm uchun foydalidir – kuniga olma sharbatining bitta stakani shifokorlarga tashrif buyurishingizni qisqartiradi.
-
Totli olma eti bilan
Totli olma eti bilan
Aqliy faoliyat bilan shug’ullanuvchi kishilar har kuni etli olma sharbatining kamida bitta stakanini ichishlari kerak. Aynan unda miyani kuchli zo’riqishidan, uning tomirlarini esa sklerozdan himoyalovchi moddalar mavjud.
-
Mayin shaftoli
Mayin shaftoli
Xitoy afsonalarida shaftoli – yoshlik va abadiylik ramzidir. Shu bois har kuni bitta stakan shaftolining sharbati – yaxshi salomatlik, a’lo kayfiyat va ajoyib mazaga boy ta’m kafolatidir.
-
Oltinday sap-sariq o'rik
Oltinday sap-sariq o'rik
O’rikning oltinday eti nafaqat juda mazali, balki nihoyatda foydalidir! Uning tarkibida kaliy, magniy va temir bor. O’rik sharbati esa etsiz bo’lmaydi. Demak, sharbatni ichganingizda siz nafaqat mazali yozgi mevani ichasiz, balki har kishiga zarur bo’lgan vitaminlar va elementlarni olasiz.
-
Yetilgan olcha
Yetilgan olcha
Kim bolaligida “qo’lbola olcha” sharbatini qilmagan ekan? Butilkaga pishgan mazali olchalarni to’ldirib, mazali yangi sharbat hosil bo’lguniga qadar cho’p bilan ezasiz! Bu shunchalik quvonarliki, bolalik davringiz yana yoningizda – olcha sharbatining stakani sizga, albatta, g’am-tashvishsiz quyoshli kunlarni eslatadi.
-
Ekzotik ananas
Ekzotik ananas
Ananas sharbatining foydasi o’z qaddi-qomatini o’ylagan barcha uchun anchadan beri ma’lum. Bo’lmasa-chi! Uning tarkibiga kiruvchi moddalar yog’larni parchalashda yordam berib modda almashinuvini yaxshilaydi. Bundan tashqari, ananas ishtahani pasaytiradi va xolesterin darajasini tartibga soladi.
-
Nurli apelsin
Nurli apelsin
Bir dona apelsin tarkibida C vitamini kunlik normasining 130% mavjud. Tusavvur qilib ko’ringchi, apelsin sharbatining bitta qutisida qancha vitaminlar bor ekan? Sharbatning yorqin, quyoshli to’q sariq ranggi butun kunga quvvat beradi va tetiklashtiradi! Bundan tashqari, apelsin sharbati chanqoqni ajoyib tarzda bosadi.
-
Badavlat multimeva
Badavlat multimeva
Multimevali sharbatlar – ta’m va foydaning a’lo darajali miksi. Yorqin va mazali mevalarning ajoyib uyg’unligi mayin, yangi va mazaga boy ta’m baxsh etadi, natijada olingan vitaminlar miqdori esa sog’liq va a’lo kayfiyatni kafolatlaydi!
-
Ishtahaochar tomat
Ishtahaochar tomat
Tomat sharbati eng foydali sabzavot sharbatlardan biri. U yoshlikni uzaytiruvchi kuchli antioksidant, tomat tarkibidagi ayrim moddalar esa organizmni saraton bilan kasallanish ehtimolidan himoyalaydi. Tomat sharbati juda mazali va to’yimli ekanligi haqida eslatmasa ham bo’lar?
-
Asal behi
Asal behi
Bayramona dasturxondagi behi sharbati qanchalik quyoshga to’la va ko’rkam ko’rinadi! Sharbatiga tufayli ushbu janub xazinasining nozik va o’ziga xos ta’mi butun dunyoga mashhur bo’lgan. O’zida quyosh iliqliligini singdirgan mevalarning tarkibida ko’p miqdorda foydali moddalar mavjud. Haqiqiy quyoshcha bilan mehmonlaringizni siylab, barchaning kayfiyatini ko’tarasiz!
-
Asil anor
Asil anor
Qadimgi yunon shifokori Gippokrat ko’pgina kasalliklarni davolashda anor suvini har kuni iste’mol qilishni juda tavsiya qilgan. Biz kim bo’libmizki, ulug’lar bilan baxslashsak? Esingizda tuting: qadimgi rivoyat so’zlaydiki, anorni albatta sevgan kishi bilan bo’lib yeyish kerak.
-
Muattar malina
Muattar malina
Siz davolangan va mazza qilib yegan buvingizning malina murabbosi esingizdami? Mazali, xushbo’y, foydali va yozni eslatuvchi! Yozni yoki anginani kutib o’tirishga nima hojat? Malina sharbatini yil davomida profilaktika uchun iching – va shamollab qolish sizga xavf tug’dirmaydi!
-
Foydali qorag'at
Foydali qorag'at
Hech kimga sir emaski, qorag’at mevalari noyob shifobaxsh xususiyatlarga ega. Shuning uchun ehtiyotkor bekalarda hamisha “har ehtimolga qarshi” murabboning bankasi topiladi. Agar bo’lmasa, sizga yordamga smorodina sharbati keladi, u nafaqat deyarli barcha ma’lum kasalliklarni davolaydi, balki organizmni ajoyib tetiklashtiradi.
-
Xushbo’y o’rmon mevalari
Xushbo’y o’rmon mevalari
Shirin qulupnay, xushbo’y malina va foydali qorag’at salomatlik garovi – nihoyatda ajoyib sharbatda mujassamlangan. O’rmon mevalarining ajoyib, takrorlanmas xushbo’yligi haqida gapirmasa ham bo’ladi. Murakkab ish kunning qizigan paytida o’rmonga sayr qilish juda oson!
-
Shirin qulupnay
Shirin qulupnay
Qish kuni xushbo’y qulupnayning yengil va yoqimli musaffoligidan nima ham yoqimli bo’lishi mumkin? Qulupnay sharbatining foydasi haqida esa gapirmasa ham bo’ladi – barcha mavjud bo’lgan vitaminlar va mikroelementlarning konsentratidir.
-
Xushbo’y o’rmon mevalari
Xushbo’y o’rmon mevalari
Shirin qulupnay, xushbo’y malina va foydali qorag’at salomatlik garovi – nihoyatda ajoyib sharbatda mujassamlangan. O’rmon mevalarining ajoyib, takrorlanmas xushbo’yligi haqida gapirmasa ham bo’ladi. Murakkab ish kunning qizigan paytida o’rmonga sayr qilish juda oson!
-
Tetiklashtiruvchi yalpizli limon
Tetiklashtiruvchi yalpizli limon
Limon o’zining foydali xususiyatlari tufayli barcha mevalar orasida super yulduzdir. Oddiygina tasavvur qilib ko’ring, siz bitta stakan limon sharbatini ichganingizda – siz asl holdagi C vitaminining butun stakanini ichgan bo’lasiz. Uning ichiga orom baxsh etuvchi yalpiz ham qo’shilsa, unda tetiklik va yoz hissi butun kunga kafolatlanadi.
Sharbatlar va nektarlar 200ml
-
To'polonchi olma
To'polonchi olma
Sho’h olmalar-
Eng yahshi sovg’alar.
Hush bo’y taratar,
Dillarni shod etar.
Olma sharbati- eng sahovatli,
Mazali va juda foydali! -
Jasur shaftoli
Jasur shaftoli
Shaftolining ishi ko’p,
Kuch beradi tepsang to’p.
O’qish payti yordam berar,
Tetiklik bag’ishlab turar.
Quvvat, yoshlik, quvnoqlik-
Shaftolidagi shirinlik! -
Shod o'rik
Shod o'rik
Quvnoqqina o’riklar,
Xafalikdan qo’riqlar.
Yahshilaydi kayfiyatni,
Murabboni egan kabi.
Quvnoq bo’lmoq qiyin emas-
O’rik sharbatin ichsang bas! -
Chiroyli olcha
Chiroyli olcha
Chiroyli olcha xar dam o’zgacha,
Vitaminga boy, foydali juda.
Olcha sharbatin ichib doimo,
Sog’ligingizga bo’lmang beparvo.
Bo’lsin bu sizga eng yahshi odat-
Sharbatni iching, besh oling faqat! -
Quvnoq o’rmon mevalari
Quvnoq o’rmon mevalari
Xar mevada quyosh aksi bor,
Smorodina – yozni eslatar.
Маlinada vitaminlar yashar-
Shamollasak u yordamga shoshar.
Qulupnay sharbatin olsangiz,
Quvonchlarga to’lar uyingiz! -
Zamonaviy ananas
Zamonaviy ananas
Juda shirin ananas,
Kuch bag’ishlar xar nafas.
Ko’rkam, quvnoq bo’lsang bas-
Xamma qiladi xavas.
Vitaminlar kerak xar kun,
Sog’lom, bahtli bo’lmoq uchun! -
Shumtaka apelsin
Shumtaka apelsin
Bolalar bilib olsinlar-
Xarakatchan apelsinlar,
Bizga tetiklik tilaydi.
Soglikni xam yahshilaydi.
Apelsin sharbatin iching-
Sezing vitaminlar kuchin! -
Dilbar qulupnay
Dilbar qulupnay
Uni xamma yahshi bilar,
Qulupnayda foyda bo’lar.
Sharbatda ko’p minerallar,
Oz emasdir vitaminlar.
Bilsangiz bizning qulupnay,
Betakror, shirin ta’mga boy! -
Limon va yalpiz
Limon va yalpiz
Limon va yalpiz ta`mi,
Yozgi sahovatga bo`y.
Sharbatli, yengil, xushbo`y,
Sitrusli bog`dir bu joy.
Ishlab chiqarish jarayoni

-
1Mevalar O'zbekiston bog'larida yetishtiriladi.
-
2Mevalar ehtiyotkorlik bilan saralanadi, sharbat tayyorlash uchun faqat eng yaxshi yetilib pishganlari, sersuv va mazali mevalari tanlab olinadi.
-
3Tanlab olingan mevalar chang va tasodifiy zarralardan tozalab, yaxshilab yuviladi.
-
4Mevalar bir xildagi massa holatiga kelgunga qadar maydalanadi. Keyin hosil bo'lgan meva massasidan sharbat siqib chiqariladi.
-
5Sharbatdan suvni bug'latib chiqarib yuboriladi, keyin esa uni filtrdan o'tkaziladi. Shunday qilib kontsentrat olinadi.
-
Kontsentrat bochkalarda antiseptik qoplarda saqlanadi.6
-
To'yintirilgan sharbat suv bilan qaytadan ishlanadi va maxsus gomogenizator.7
-
Qaytadan ishlangan sharbatdan havo va kislorod pufakchalari olib tashlanadi, keyin esa termik (issiqlik bilan) ishlov beriladi.8
-
Sharbatni mahsulotni barcha foydali xususiyatlari bilan saqlovchi olti bosqichli himoyaga ega bo'lgan upakovka - mahsulot joylanadigan qutilarga quyiladi.9